AJINA
AJINA (Arabcha — jin) — turkiy xalqlar og’zaki ijodidagi demonologik salbiy obraz. Ajina yovuz ruhlar haqidagi animistik tushuncha, e’tiqod mahsuli. Obraz sifatida kishilik jamiyati hali urug’chilik bosqichida ekanligida shakllangan. Og’zaki ijod namunalarida Ajina tashlandiq joy, chakalakzor, kimsasiz o’tloqlarda uchraydi, asosan suluv qiz, chaqaloq, sochi yoyiq kampir, qo’zichoq, echki qiyofalarida namoyon bo’ladi, deyiladi.