DEFLYATSIYA

DEFLYATSIYA (lot. deflatio – puflamoq) – inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi qog’oz pul miqdorini kamaytirish. Davlat tomonidan moliya va pul-kredit tadbirlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Odatda, hukumat tomonidan avj olayotgan inflyatsiya sur’atlarini pasaytirish uchun qo’llaniladi. Deflyatsiyani amalga oshirishning quyidagi uslublari mavjud: soliqlarni oshirish, davlat tasarrufidagi mol-mulk va davlat qimmatli qog’ozlarining savdoga chiqarilishi, tashqi savdo operatsiyalari va valyuta almashinuvining tartibga solinishi, budjet hisobidan amalga oshiriladigan sarf-xarajatlarning kamaytirilishi, oylik ish haqi darajasining bir maromda saqlab turilishi. Deflyatsiyaning oqibatlari: ijtimoiy tanglikning kuchayishi, ijtimoiy ixtiloflar, iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayishi.