DASTLABKI HUJJATLAR

DASTLABKI HUJJATLAR – xo’jalik muomalalari sodir bo’lgan paytda tuziladigan va ular amalga oshganligining birinchi guvohi bo’lgan buxgalteriya hujjatlari. Dastlabki hujjatlar tuzilishi xo’jalik muomalalari hisob registratsiyasining boshlanishi hisoblanadi. Dastlabki hujjatlarga g’azna kirim va chiqim orderlari, yukxatlar, kvitansiyalar va h.k. kiradi. Hisobni soddalashtirish va hisob registratsiyasini tezlashtirish uchun ko’pincha dastlabki hujjatlarga asosan yig’ma hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari tuzish tartibi bo’yicha tasniflanganda, hujjatlar dastlabki va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.