DAVLAT BUDJETI TUZILMASI

DAVLAT BUDJETI TUZILMASI – respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining Respublika budjeti hamda tumanlar va respublikaga (Qoraqalpog’istonga) bo’ysunuvchi shaharlar budjetlarini o’z ichiga olsa, viloyat budjeti esa viloyat budjeti, tumanlar va viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi. O’z navbatida, tumanlarga bo’linadigan shaharning budjeti shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlaridan iboratdir. Tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning budjeti tuman budjeti va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.