DAVLAT MAQSADLI FONDLARI

DAVLAT MAQSADLI FONDLARI – Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo’ lib, ularning har biri uchun mablag’ lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushish normalari va shartlari, shuningdek, shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo’ljallangan pul fondlari. Aholiga taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlarning ко’ lamini kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo’shimcha resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning maqsadidir. Bu fondler Pensiya fondi, Respublika yo’l fondi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus fondi (hisob varag’i), ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat fondidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik uzilish (yetishmovchilik)ni qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo’yicha respublika budjetiga to’liqyoki qisman olib qo’yilishi mumkin.