AYIL
Ayil — ot, eshak, xachirning egarjabdug’ini maqkam tutib turadigan tasma. Uzunligi 1,5 mercha, eni 7-8 santimetr, ikki uchida to’qasi bo’ladi. Egar ustidan tortib bog’lanadigani jun yoki ipdan to’qiladi va ichki Ayil deyiladi. Egar to’shagi ustidan uriladigani qayishdan yasalib, pushton yoki bosma Ayil deyiladi.