AYLANTIRUVCHI MOMENT
AYLANTIRUVCHI MOMENT – aylanayotgan jismning burchak tezligini o’zgartiruvchi tashqi ta’sirlar o’lchovi. U aylanish o’qi (mayl)ga nisbatan jismga ta’sir etuvchi barcha kuchlarning momentlari yig’indisiga teng. Aylana moment vektori aylanish o’qida yotadi. Yo’nalishi Parma qoidasiga muvofiq topiladi.