AYRON

AYRON — 1) qatiqning kuv (guppi) da moyi ajratib olingandan so’ng qolgan suyuq qismi. O’zbekistonning ayrim joylarida chalob ham Ayron deb ataladi. Ichimlik sifatida ishlatiladi. Ayronning suvi maxsus tayyorlangan xaltadan o’tkazilib, suzma (chakki) tayyorlanadi, suzmadan qurt qilinadi. Odam uchun foydali moddalarga boy; 2) qatiq yoki suzmadan suv, ziravorlar, oshko’klar, muz qo’shib tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik.