INVESTITSIYA
INVESTITSIYA – milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xo’jalik, transport va boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli kapital qo’yilmalar. Investitsiya, asosan, aksionerlik jamiyatining aksiyalari va obligatsiyalarini sotib olish tarzida amalga oshiriladi. Investitsiya bu biron-bir tadbirga, ishga oddiy kapital qo’yish emas, balki uzoq muddatli mablag’ qo’yishdir. Aktivlarni investitsiyalarga kiritish tartibi 12-son “Moliyaviy Investitsiyalar hisobi”, 8-son “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va avlod xo’jalik jamiyatlariga Investitsiyalar hisobi”, 14-son “Moliyaviy hisobotda qo’shma faoliyatda qatnashish ulushini aks ettirish” nomli Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) asosida amalga oshiriladi.