INVESTOR

INVESTOR – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati subyektlari. Investorlar obyektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo’ladi. Investorlar kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishlari mumkin. Odatda, investorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydi, kontrakt va shartnomalar shartlarini ishlab chiqadi va investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan – kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulot iste’molchilaribilanhisob-kitoblarni amalga oshiradi.