IQTISODIY FOYDA

IQTISODIY FOYDA – firmaning umumiy daromadi (tushumi) va barcha xarajatlari o’rtasidagi ayirma. Agar korxona qiyinchilik bilan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplayotgan bo’Isa, unda iqtisodiy foyda ololmaydi. Iqtisodiy foyda ishlab chiqarish xaraj atlariga kiritilmaydi. Agar buxgalteriya xarajatlaridan kapital foiz daromadi, yer va imoratlarga renta va boshqaruv uchun to’lov chegirib tashlansa, iqtisodiy foyda qoladi. U ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib, aql-idrok bilan ish yuritish, tavakkalchilik qilgani uchun tegadigan mukofotdir.