IQTISODIY O’SISH

IQTISODIY O’SISH – mamlakat iqtisodiy salohiyatining ortishi, ya’ni aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning ko’payib, yaxshilanib borishi. Iqtisodiy o’sish mamlakatning rivojlanib, taraqqiy etib borishini ifodalaydi. Iqtisodiy o’sish – yalpi milliy mahsulot va milliy daromad hajmining ortib borishi, aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotning ko’payishi bilan o’lchanadi. Iqtisodiy o’sishning intensiv va ekstensiv turlari mavjud.