ISH NORMASI
ISH NORMASI – vaqt birligi (soat, smena, kun, oy)da ishchi ishlab chiqarishi kerak bo’lgan mahsulot yoki bajarishi lozim bo’lgan ish miqdori. Ish normasi mehnatning turi va texnologiyaga, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish darajalari hamda ishchilarning malakasiga bog’liq holda belgilanadi.