AYG’OQCHI

AYG’OQCHI, ayg’oq (oyg’oq), ayqoq (turkiycha — guvoh, isbotlovchi, maxfiy xabar etkazuvchi) — 1) biror shaxs yoki ijtimoiy guruhga qarshi yolg’on-yashiq ran yoyuvchi, ig’vo, tuhmat qilib kun kechiruvchi past, razil shaxs; 2) turkiy xalqlarda kishilar o’rtasida sodir bo’lib turadigan janjallarni hal qilishda qatnashuvchi; bir yoki ikki guvohni ham Ayg’oqchi deyishgan; 3) o’rta asrlarda (14-17 – asrlar) harbiy safar chog’ida qo’shin oldida boradigan razvedkachi kichik bir harbiy bo’linma. Amir Temur zamonida Ayg’oqchi (ayqoq, ayg’oq) taftishchi ma’nosida ham qo’llanilgani Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»sida qayd etib o’tilgan. Qo’shin oldida boruvchi razvedkachi bo’linma xabargiri deb ham atalgan.