KALKULATSIYA

KALKULATSIYA (lot. calculatio – hisoblash) – korxona faoliyatini boshqarish jarayonida sarflangan xarajatlarni aniqlash va ishlab chiqarilgan mahsulot, ish va xizmat birligining tannarxini aniqlash usulidir. Ushbu usulda mahsulot tannarxi aniqlanib, ma’lum bir faoliyat turidan olingan foyda va zararlar aniqlanadi. Kalkulatsiya ishlab chiqarilgan mahsulot va sotib olingan moddiy boyliklarning tannarxini aniqlash usuli bo’lib, buxgalteriya hisobi obyektlari haqida umumlashgan ma’lumotlar olish uchun zarur.