KONOSAMENT
KONOSAMENT – dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini ifodalovchi hujjat. Konosament shartnoma mavjudligi fakti vayuktashuvchining yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjat. Konosamentga imzo chekishi bilan yukni saqlash, uni tegishli manzilga yetkazish mas’uliyati to’laligicha yuk tashuvchi kema zimmasiga o’tadi. Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib oluvchiga yuboriladi va ushbu hujjat unga tegishi bilan sotib oluvchi yukning huquqiy egasi hisoblanadi.