AKINAK
AKINAK (Yunoncha akinakes) — xanjar (40— 60 santimetr)]. Sak, skif va forslarda miloddan avvalgi 1 – ming yillik o’rtasi va 2-yarmida qo’l jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. Amudaryo xavzasidan topilgan sak jangchisi tasviri tushirilgan tilla jevakka qarab Akinakning qanday taqib yurilganligini bilish mumkin. U belboqqa osib qo’yilgan, pastki uchi esa ot minganda yoki piyoda yurganda xalaqit bermasligi uchun yonboshga, tizzadan yuqoriroqqa bog’lab qo’yilgan.