MONOPOLIYA
MONOPOLIYA (yun. tanho sotaman) – iqtisodiyotning biron-bir sohasidagi tanho hukmronlik. Monopohya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining yagona yoki ozchilik korxonalar, tadbirkor shaxslar yoki davlat qo’lida to’planishi natijasida paydo bo’ladi. Monopol korxonalar hukmronlik mavqeyidan foydalanib, sarflarni kamaytirish, monopol baho belgilash orqali foyda ko’rish, raqobatning yo’qligi yoki zaifligidan bozorda o’z izmini o’tkazishi mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli davlatlar antimonopoly chora-tadbirlar joriy etadilar. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra ishlab chiqarishda turg’unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko’rish, raqobatning yo’qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o’z izmini o’tkazishi mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi.