PULNING MIQDORIY NAZARIYASI
PULNING MIQDORIY NAZARIYASI – pul taklifi va iqtisodiyotdagi baholarning umumiy darajasi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni o’rnatuvchi nazariya. Birinchi bor ingliz faylasufi va iqtisodchisi D. Yum tomonidan XVIII asrda ilgari surildi, amerikalik iqtisodchi I. Fisher tomonidan 1911 yilda rivojlantirildi va keyinchalik Kembrij universiteti iqtisodchilari tomonidan takomillashtirildi.