AKTOGRAF
AKTOGRAF — hayvonlarning faollik (harakatchanlik) tarzini avtomatik qayd qiladigan asbob. Tubi (poli, maydonchasi) suriladigan to’r katakdan iborat. Tajriba o’tkaziladigan hayvon katakda uyoqdan-buyoqqa yurib, o’z og’irlig’i ta’sirida Aktograf tubini pastga tushiradi. Shunda mexaniq pnevmatik yoki elektr yuritma yordamida barabanga tarang tortilgan lentaga tubning surilish (tushish) kattaligi qayd qilib boriladi. Shu qaydga asoslanib hayvonning faolligini aniqlash mumkin.