AKUSTIK RELE

AKUSTIK RELE — tovush tebranishlari takroriyligi (chastotasi) o’zgarishlarini, akustik bosim yoki materiallarning ko’rsatkichlari (yutish va qaytarish koeffitsientlari) o’zgarishini sezadigan qurilma. Mexanik va elektr ta’sir usullariga asoslangan xillari bor. Me’morlik akustikasi, qurilish akustikasi va boshqa sohalarda qo’llaniladi.