TIJORAT BANKI
TIJORAT BANKI – sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek, xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlari ko’rsatish (joriyschyotlarniyuritish, tijorat, iste’molchilikva ipoteka qarzlarni berish va hokazolar)ga ixtisoslashtirilgan bank. Tijorat banklari pay badali yoki aksionerlik (hissadorlik) asosda tuziladi va quyidagicha farqlanadi: ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha (davlat, xorijiy kapital va boshqalar ishtirokida), ixtisoslashish bo’yicha (masalan, agrobank, innovatsiya banki), faoliyat ko’rsatish hududi bo’yicha, amalga oshiriladigan operatsiya turlari bo’yicha va hokazo usullariga qarab. Tijorat bankining mablag’lari o’zining xususiy (ustav fondi, zaxira fondi va boshqa foyda hisobiga tashkil topadigan fondlari) va jalb qilingan (korxonalar schyotlaridagi, ularning qo’yilmalari va depozitlari, fuqarolarning omonatlari va hokazolar) mablag’lariga bo’linadi.