ALGEBRANING ASOSIY TEOREMASI

ALGEBRANING ASOSIY TEOREMASI — kompleks sonlar maydonida berilgan ixtiyoriy darajali ko’phad kamida bitta ildizga egaligini tasdiklaydigan teorema. Bu teoremadan darajali ko’phad, karrali ildizlarning karraliligi hisobga olinganda roppa-rosa p ta ildizga ega bo’lishi kelib chiqadi. 17-18 – asrlarda algebraning asosiy mazmuni tenglamalar yechishdan iborat bo’lganligi uchun yuqoridagi teorema Algebraning asosiy teoremasi deyiladi. Algebraning asosiy teoremasini birinchi marta Gauss uzil-kesil isbot qilgan.