ALEKSANDR II

ALEKSANDR II (1818. 17 .4 – 1881. 1. 3, Peterburg) — Rossiya imperatori (1855-81). Nikolay II ning katta o’g’li. Rossiyaning Qrim urushi (1853-56) da yengilishi natijasida 60-70 – yillarda bir qancha islohotlar o’tkazdi. Rossiyada krepostnoy huquqni bekor qilishga majbur bo’lgan (1861); Polsha qo’zg’oloni (1863-64) ni shafqatsizlik bilan bostirdi. Aleksandr II davrida Rossiya imperiyasi ancha kengaydi: uzoq, sharqda Amur daryosining so’l qirg’og’i, Ussuriy o’lkasi, Ardahn, Kare va Botumi shaharlari, shuningdek g’arbda Bessarabiyaning bir qismi Rossiya tomonidan bosib olindi. Turkiston o’lkasining katta qismi bosib olinib, Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylangan. 1881 yil martida «Xalq erki» tashkilotining a’zosi I. I. Grineviskiy Aleksandr II ga suiqasd qilib uni o’ldirgan.