ALEKSANDR III

ALEKSANDR III (1845.26.2- 1894.20.10) — Rossiya imperatori (1881— 94), Aleksandr II ning 2 – o’g’li. «Samoderjaviyeni mustahkamlash haqidagi manifest»ni e’lon qilgan (1881). Aleksandr III davrida 80 – yil oxiri — 90-yil boshlarida bir necha islohotlar amalga oshirildi (jon solig’i bekor qilindi, tovonlar kamaytirildi, zemstvo va shahar nizomlari qayta ko’rib chiqildi). Uning davrida Rossiya tomonidan Turkistonni bosib olish (1885) asosan tug’allangan. Xususan 1879 va 1880-81 yillarda Axaltaka harbiy yurishlari natijasida Turkmaniston bosib olingan. Turkmanlarning Go’ktepa qal’asini olishda ruslar 45 ming qal’a himoyachisi (shundan 5 ming kishida qurol bo’lgan, qolgani ayollar, bolalar edi) ni o’ldirishgan.