ALEKSANDRIT
ALEKSANDRIT — mineral, tarkibida xrom bo’lgan xrizoberill turlaridan biri. Kimyoviy formulasi A12Ve04, qattiqligi 8,5. Sof og’irligi. 3,7 ga yaqin. Tabiiy yorug’likda rangi zumrad-yashil, chiroqda binafsha rang-qizil bo’ladi. Massasi 2-3 karatdan ortiq bo’lgan to’q rangli shaffof kristallari 1-klass qimmatbaho tosh hisoblanadi. Yuqori temperaturada pegmatit ertomirlarda hosil bo’ladi. Tabiatda ko’pincha berill, fenakit, rutil, flyuorit, apatit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Sun’iy yo’l bilan olingan och yashil korund sintetik Aleksandrit deb ataladi.