ALEKSANDROV PAVEL SERGEYEVICH
ALEKSANDROV PAVEL SERGEYEVICH (1896.25.4, Noginsk – 1982.17.12, Moskva) — rus matematigi. Akademik (1953). Topologiyadan ilmiy maktab asoschisi. 1921 yildan Moskva universitetida ishlagan. Moskva Matematika jamiyati prezidenti (1932-64), 1964 yildan shu jamiyat faxriy prezidenti. Asosiy ilmiy ishlari topologiyaga va haqiqiy o’zgaruvchining funktsiyalari nazariyasiga bag’ishlangan. Bikompakt fazolar nazariyasini yaratgan, qator «Ikkilamchilik qonunlari»ni isbot qilgan va hokazo. Umumiy topologiyaning bir qancha tushuncha va teoremalari Aleksandrov nomi bilan yuritiladi. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1947).