ALEUT OROLLARI

ALEUT OROLLARI – tinch okean shimolida, Alyaska yarim orolidan Janubga tomon 1740 kilometrga yoy shaklida cho’zilgan arxipelag. Aleut botig’idan ko’tarilib turgan suv osti tog’larining tepalari. Ko’pdan ko’p Orol va qoyalardan iborat. Bering dengizini Janub tomondan o’rab turadi. Maydoni 37,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 7,5 ming kishi. Ko’p orollar vulkan tog’laridan iborat. Unimak orolidagi eng baland Shishaldin vulkani 2860 metr. Aleut orolida 25 ta so’nmagan vulkan bor. Tez-tez zilzila bulib turadi. Iqlimi subarktika okean iqlimi, qishi iliq, nam, kuchli shamollar esib turadi. Kor qalin yog’adi. Tog’ cho’qqilarini doim qor qoplab yotadi. Eng sovuq oy — Fevralning o’rtacha temperaturasi -1,4°, ba’zan -10, 15° gacha sovuq bo’ladi. Avgustniki 11,9°. Yiliga 1500 millimetr yog’in yog’adi. O’simliklari asosan o’t va butalar; tuproqlari o’tloq, tundra tuproqlaridir. Ma’muriy jihatdan AQShning Alyaska shtatiga karashli. Aleut orolida AQSh harbiy bazalar qurgan. Eng yirik aholi punkti — Adak. Aholisi baliq, dengiz hayvonlarini ovlash bilan shug’ullanadi. Aleut oroli 18-asr o’rtalarida Rossiya imperiyasiga qo’shib olingan. 1867 yil podsho hukumati Aleut orolini Alyaska bilan birga AQShga sotib yuborgan.