ALIBEKOV LAPAS ALIBEKOVICH
ALIBEKOV LAPAS ALIBEKOVICH (1939, Oqbuloq qishlog’i, hozirgi Jizzax viloyati, Zarbdor tumani) — tabiiy geograf. O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (2000), geografiya fanlari Doktori (1988), professor (1990). SamDU biologiya-geografiya fakultetini tugatgan (1962), shu universitet geografiya fakultetida geoekologiya va tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (1990 yildan). Ilmiy faoliyati geografiya va ekologiya fanining insoniyat oldida turgan eng xavfli muammolaridan biri — cho’llashish jarayonlarining mexanizmlarini o’rganishga bag’ishlangan.