ALIYEV MAMAT

ALIYEV MAMAT (1934.13.9, Samarqand tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). SamDUning tarix fakultetini tugatgan (1958). 1958-90 yillarda Shahrisabz, Samarqand tumanidagi maktablarda o’qituvchi, maktab direktori o’rinbosari, maktab direktori. 1991 yildan Tayloq tumanidagi 11-maktab direktori. Aliyev faoliyati davrida maktab moddiy texnika bazasi mustahkamlandi, maktabning yangi binosi ishga tushirildi, Limonariy qurildi.