Zonallikning davriy qonuniyati
Zonallikning davriy qonuniyati – turli geografik mintaqalarda bir-biriga o`xshash landshaft zonalarining takrorlanishi, masalan cho`l landshaft tipi va binobarin, cho`l zonasi mo`tadil mintaqada ham, subtropik mintaqada ham, tropik mintaqada ham uchraydi; o`rmon zonasi ham turli mintaqalarda takrorlanadi. Zonallikning davriy qonuniyati asosida turli hududlar namlanish darajasidagi o`xshashlik yotadi. Bu qonuniyatni A.A.Grigorev va M.I.Budiko kashf etganlar. Zonallikning davriy qonuniyatining asosiy ko`rsatkichi quruqlikning radiatsion indeksidir. Quruqlikning radiatsion indeksi zona radiatsiya balansining shu zonaga tushadigan yillik yalpi yog`inni bug`latishga ketadigan issiqlikka bo`lgan nisbati bilan ifodalanadi. Bu ko’rsatkich har bir zonadagi tabiiy jarayonlarning intensivlik darajasini aks ettiradi. Quruqlikning radiatsion indeksi birga teng bo`lsa, tabiiy jarayonlar eng intensiv rivojlanadi.