ALLIGATORLAR
ALLIGATORLAR (Alligator) — timsohlar turkumining bir urug’i. Ikki turi: Missisipi va Xitoy Alligatorlari bor. Missisipi Alligatorlari yoki cho’rtana. (Alligatorlar missisipiensis) Shimoliy Amerikaning janubi-sharqida tarqalgan, bo’yi 4,6 metrga yaqin, oldingi oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Xitoy Alligatorlari (Alligatorlar sinensis) Yantszi daryosining quyi oqimida tarqalgan, bo’yi 2,5 metrga yaqin. Alligatorlarning asosiy ozig’i baliq, odamga hujum qilmaydi. May oxiri va iyun boshida urchiydi. Urg’ochisi 20— 60 dona tuxum qo’yadi. Alligatorlar 85 yilgacha umr ko’radi. Bir vaqtda Alligatorlar Shimoliy Amerikada ko’p edi. Terisi uchun ko’plab ovlanganidan hozir kamayib ketgan. Alligatorlarning oshlangan terisidan sumka, chamadon, egar qoplamasi kabi buyumlar tayyorlanadi. Ikkala tur ham xalqaro qizil kitobga kiritilgan. AQSh va Kubada Missisipi Alligatorlari maxsus fermalarda boqiladi.