Nivelir

Nivelir (fransuzcha niveler – tekislamoq) – joyning nisbiy balandligi, ya’ni bir nuqtaning ikkinchi nuqtadan qancha balandligini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Oddiy nivelir uchiga ko`ndalang taxtacha o`rnatilgan yog`och tayoqdan iborat. Taxtacha o`rtasida mix bo`lib, nivelirni tik (vertikal) o`rnatish uchun unga shoqul bog`langan. Nivelirlashda ancha murakkab nivelirlar ishlatiladi. Nivelir – gorizontal yo`nalishni aniqlash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. Yer sirtidagi biror nuqtani dengiz sathiga yoki ikkinchi nuqtaga nisbatini aniqlash.