Nival mintaqa

Ma’nosi

Nival mintaqa – baland tog`larda qor chizig`idan yuqorida joylashgan nival iqlimli balandlik mintaqasi. Unda doimiy qor va muzliklar katta maydonni egallaydi. Organik hayot yaxshi rivojlana olmaydi. O`simliklardan lishayniklar va yo`sinlar, hayvonlardan qushlar xarakterli. Nival mintaqaning pastki chegarasi qutbiy o`lkalarda ancha pastdan (hatto dengiz sathidan), arid iqlimli o`lkalarda (chunonchi, cho`l zonasidagi tog`larda) ancha balanddan o`tadi.

O‘xshash so‘zlar

N harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar