ALMASHLAB ULASH QURILMASI

ALMASHLAB ULASH QURILMASI -suyuqlik, gaz yoki elektr toki yo’lini o’zgartirishga imkon beruvchi qurilma. Gidravlik, pnevmatik yoki elektr Almashlab ulash qurilmasi bo’ladi. Suyuqliklar va gaz Almashlab ulash qurilmasi ko’p yo’lli kran, ventil va bug’ taqsimlagich bo’lishi mumkin. Elektr zanjirlarini almashlab ulashda turlicha tuzilishdagi Almashlab ulash qurilmasi ishlatiladi. Masaalan, rubilnik, paketli viklyuchatel. Radioapparatura va aloqa qurilmalarida galetli qurilma, tumblerlar va boshqa qurilmalar Almashlab ulash qurilmasi vazifasini o’taydi. Elektr mashinalari va energetika qurilmalarini tok bilan ta’minlash va boshqarish zanjirlarini almashlab ulash uchun turli viklyuchatellar, kontrollyorlar, kontaktsiz elektr apparatlari ishlatiladi.