ALP ARSLON

ALP ARSLON (asl ismi Muhammad ibn Dovud) (1029.20.1-1072, noyabr) -Saljuqiylar sultoni (1063-72), mohir sarkarda. Gruziya (1064), Ozarbayjon (1064), O’rta Osiyo (1064-65) ni zabt etgan. 1071 yil Mantsikert yaqinida (Sharqiy Turkiyada, Van ko’li atrofida) Vizantiya imperatori Roman IV Diogen (1068-71) qo’shinlari ustidan zafar qozongan, natijada kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini saltanatiga qo’shib olgan (keyinchalik bu yerlarda Ko’niya sultonligi vujudga kelgan). Alp Arslon davrida mamlakat ishlarini mashhur vazir Nizomulmulk boshqargan. Alp Arslon Buxoroga yurish paytida vafot etgan.