ALUPKA

ALUPKA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1938 yildan). Qrim yarim orolining Janubiy sohilida. Yaltadan 17 kilometr. Aholisi 10,9 ming kishi (1991). Iqlimiy kurort. Bir yilda 210-245 kun havo ochiq bo’ladi. May o’rtalaridan sentabr oxirigacha dengizda cho’milish mumkin. Yozda suv temperaturasi 16°-26°. Sanatoriy va dam olish uylari, manzarali bog’lar, Qrim davlat tasviriy san’at muzeyi bor. Alupka 10-asrdan ma’lum. Saroy-muzey (19-asr) mavjud.