AUTENTIK
AUTENTIK (grek. authentikos – asl, haqiqiy) — biron-bir hujjatning boshqa tilda yozilgan matniga aynan o‗xshash va u bilan bir xil kuchga ega bo’lgan matni. Xalqaro munosabatlarda Autentik termini xalqaro shartnomalarda qo’llaniladi. Agar shartnoma ikki yoki undan ko’p tilda tuzilgan bo’lsa, umumiy qoida bo’yicha, uning har bir tildagi matni Autentik, ya‘ni bir xilda asl nusxa va teng yuridik kuchga ega deb hisoblanadi. Biroq shartnomadagi qoidalarni sharhlashda turli xil fikr paydo bo’lgan hollarda shartnomada ko’rsatilgan tilda yozilgan matndagi fikr va qoidalar asosiy kuchga ega bo’ladi, deb yozib qo’yiladi.