AMENSALIZM
AMENSALIZM (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va mens — ma’no) — organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bir turga foydali, ammo ikkinchi turga zararli shakli. Masalan, kemiruvchilar uyasida yashaydigan kana, burga va boshqa hasharotlar kemiruvchilar o’rtasida yuqumli kasalliklar tarqatuvchi manba bo’lishi mumkin; yirtqich (masalan, bo’ri) dan qolgan ovqatni terib yeyayotgan qarg’alarning qag’-qag’i ovchining e’tiborini jalb qiladi. Organizmlarning birga yashashi foydali yoki zararli ekanligini aniqlamoq uchun muhit sharoitining murakkab kompleks hisobga olish kerak.