Avlod

Avlod-bir ajdoddan tarqalgan kishilar. Avlod ota va ona avlodlariga bo’linadi. Ota avlodiga amaki-amakivachchalar, amma-ammavachchalar, aka-ukalar va ulardan tarqalgan keyingi nasl kiradi. Ona avlodiga esa tog’a-tog’avachchalar, xola-xolavachchalar va ulardan tarqalgan keyingi nasl kiradi. Shuningdek, ushbu atama ma’lum bir davrda yashagan kishilarga nisbatan ham qo’llaniladi. Masalan: yosh avlod.