GLOBALLASHUV

GLOBALLASHUV (lot. globus – shar, yer sayyorasi) — XX asrning ikkinchi yarmi – XXI boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibot, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar o’rtasida o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof muhitga texnogen ta‘sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniyekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etadigan global jarayon. ―Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983-yili ―Garvard biznes revyu jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi). 1985-yilda esa taniqli amerikalik olim R.Robertson ―Globalization iborasini ilmiy muomalaga kiritib, bu tushuncha ―odamlar ongida sayyoramizning torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishini aks ettirib, ―dunyoning birlashuvi va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarining kuchayishini ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.