IQTISODIY SIYOSAT

IQTISODIY SIYOSAT — davlatning iqtisodiy tadbirlari tizimi, iqtisodga maqsadli ta‘sir ko’rsatish borasidagi maqsadlar, vositalar, vazifalar, tadbirlar birligi. Iqtisodiy siyosatning izchilligi va samaradorligi turli omillarga bog’liq. «Siyosiy iqtisod» tushunchani birinchi marta A. Monkreten (Fransiya) o’zining «Siyosiy iqtisod xaqida traktat» asarida (1615-yil) qo’llagan. Klassik siyosiy iqtisod maktabi namoyandalari A.Smit va D.Rikardo (Angliya) hisoblanadi. Bu maktab XVIII asr oxiri – XIX asrning boshlarida tanilgan va obro’li oqim hisoblangan. Siyosiy hokimiyat faoliyatining tarkibiy qismi sifatida u jamiyatning ijtimoiy tarkibi, siyosiy subyektlarning va qaror qabul qiluvchi tashkilotlarning manfaatlari, qadriyatlari, ijtimoiy ong, siyosiy madaniyat holati, hokimiyat tarkibi (qonunchilik va ijro hokimiyati munosabatlari, hukumat va fuqarolik jamiyati munosabatlari, partiyalararo munosabatlar) va hokimiyatda kuchlar nisbatiga bog’liq. Iqtisodiy siyosatning strategik maqsadi – samarali va rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni yaratishdan iborat. Bu vazifani iqtisoddagi asosiy mafkuralar bajaradilar: Adam Smitning liberal nazariyasi, marksistik iqtisodiy nazariya, Djon Meynard Keyns, Fridrix Avgust fon Xayek, Milton Fridman konsepsiyalari. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini quyidagi omillar belgilaydi: davlat umumiy manfaatlarning xususiy manfaatlardan ustunligini, jamiyat barqarorligini ta‘minlashi, destruktiv tendensiyalarga qarshi tura oladi; biznesda xususiy manfaat ijtimoiy manfaatdan ustun kelib qolmasligi uchun davlat nazorati kerak; ―bozorda qadriyatlar ko’p, lekin adolat ularning sirasiga kirmaydi; Davlat daromadlarni qayta taqsimlash vositasida ijtimoiy ―portlashlarning oldini oladi. Daromad soliqlari: Buyuk Britaniyada – 40%; Germaniyada – 55.5%; AQSHda – 45%; Fransiyada – 60%; Yaponiyada – 50%; davlat ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni (avtomagistrallar, kutubxonalar, muzeylar, politsiya va o’t o’chiruvchilar xizmati), biznesda davlatning alohida manfaatlari sohasining mavjudligini ta‘minlaydi; aholini bozor iqtisodiyotining zararli oqibatlaridan asraydi (odamlar sog’lig’i, hayot sharoitlari, ekologiya, milliy xavfsizlik). Buning uchun quyidagi mexanizmlarni qo’llaydi: soliq siyosati, mahsulot sifatini nazorat etish; ishga yollashning standart shartlarini tartibga solish; ish haqqining kafolotlangan minimumini belgilash; atrof muhitni himoya etish; eksport uchun kvotalar ochish; ayrim tovarlarni mamlakatga olib kirish yoki mamlakatdan olib chiqishga cheklovlar qo’yish; inqirozlar davrida davlat tadbirkorlik faoliyatining renimatori (jonlantiruvchisi) bo’lib-maydonga chiqadi. Budjet va monetar siyosat orqali davlat ishlab chiqarish o’sishini, ishsizlik kamayishini, inflyatsiya sekinlashishini nazorat qiladi; davlat tadbirkorlik faoliyatining qonuniyhuquqiy kafolotlarini va tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi, ya‘ni idealda davlat va tadbirkolar – hamkor sifatida qaralishi kerak. Bu quyidagi huquqlarni ta‘minlanishida namoyon bo’ladi: – tadbirkorlik subyektlarining bozorga chiqishi va faoliyati uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi; – tadbirkorlarning manfaatlari va huquqlarini huquqiy va ijtimoiy himoyasi tizimini yaratish, davlat, boshqarv organlari, mansabdor shaxslar tomonidan ularning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik; – tadbirkorlik faoliyatini olib borish, xususiy korxonalar tashkil etish, ularning faoliyat yuritishi uchun jihozlar va uskunalar sotib olish huquqi orqali; – tadbirkorlar o’z faoliyatlari sohasini erkin tanlashi imkoniyatlari yaratilishi orqali.