IJTIMOIY MUHIT

IJTIMOIY MUHIT — insonning yashashi va ishlashi uchun uni o’rab turgan ijtimoiy, moddiy va ma‘naviy shartsharoitlar. Muhit keng ma‘noda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni – ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartibqoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o’z ichiga oladi. Tor ma‘nodagi Ijtimoy muhit (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o’quv va boshqa guruhlardan iborat.