IJTIMOIY STRATIFIKATSIYA

IJTIMOIY STRATIFIKATSIYA — siyosiy fikr paradigmalaridan biri. Jamiyatdagi guruhlarning ijtimoiy tengligi va tengsizligi, shuningdek, huquq va majburiyatlari, ularning egallagan ijtimoiy maqomlaridan kelib chiqib aytiladigan tushunchadir. Bu tushuncha jamiyatni tashkil etuvchi guruhlar munosabatlaridagi doimo mavjud bo’luvchi nomuvofiqlikni harakterlaydi.