O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI — O’zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo’shilmalar va qismlar. O’zbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va bo’linmalar, Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qo’shinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari, Chegara qo’shinlaridan tashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31- agustdagi ―O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonotida davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida 1991-yil 31-agustda qabul qilingan ―O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risidagi qonunda ―O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega‖ deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. 1992-yil 24-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Chegara qo’shinlari bo’linmalari haqida‖gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik Xizmati qoshida Chegara qo’shinlari boshqarmasi tashkil etildi.