MONARXIYA

MONARXIYA (yun. monarchia – yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshlig’i monarx hisoblanadi. Monarxiyaning ikki turi mavjud: mutlaq (absolyut) Monarxiya, bunda monarxning to’la hokimiyatini cheklaydigan biron – bir davlat organi bo’lmaydi; konstitutsiyaviy Monarxiya, bunda monarx hokimiyati Konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan bo’ladi, ya‘ni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Shuningdek, Monarxiyaning dualistik, merosiy, aralash va boshqa tiplarini ham uchratish mumkin.