MUASSASAVIY GURUHLAR

MUASSASAVIY GURUHLAR — manfaatli guruhlarning xarakteri va uyushqoqlik darajasiga ko’ra bo’lingan turlaridan biri. Muassasaviy guruhlar aniq tashkiliy tuzilmaga, barqaror funksiyalar va mutaxassis kadrlar apparatiga ega bo’lgan kishilarning formal birlashmalaridir. Ularning maqsadga yo’naltirilgan faoliyati ancha samarali. Bu turdagi guruhlar (masalan, cherkovning, armiyaning ma‘muriy organlari, avtonomiyalarning federal markazlardagi vakolatxonalari va h.k.). Keng doirada, shu jumladan manfaatlari vakolati doirasidan chiqib ketuvchi maqsadlarni ham ko’zlovchi vazifalarni bajaradilar.Tashkiliy jihatdan tuzilmaning nisbiy murakkabligi, uyushqoqligi bu guruhlarga hokimiyat organlariga sezilarli va muntazam ravishda ta‘sir o’tkazib turishga imkon beradi.