MUHOJIRLAR

MUHOJIRLAR (ar. Ko’chib kelganlar) — o’z vatanidan butunlay yoki ma‘lum muddatga iqtisodiy, siyosiy, boshqa sabablarga ko’ra ixtiyoriy yoki majburiy chiqib ketgan fuqarolar. O’zi fuqaro bo’lib turgan yoki doimiy yashayotgan mamlakatini tashlab boshqa davlatga doimiy yashash uchun jo‗nab ketuvchi kishilar. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi 1966-yilgi xalqaro paktning 12-modda 2-bandi har bir kishining har qanday mamlakatni (jumladan, o’z mamlakatini) tashlab ketish huquqi, ya‘ni muhojir bo’lish huquqini nazarda tutadi. Biroq bu huquqda davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholining sog’lig’i, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish maqsadida qonun bilan belgilangan ayrim cheklashlar ham bo’lishi mumkin.