PARLAMENTNI TARQATIB YUBORISH

PARLAMENTNI TARQATIB YUBORISH — parlamentar davlatlarda, shuningdek, aralash turdagi respublikalarda davlat hokimiyatini amalga oshirish konstitutsiyaviy mexanizmining asosiy elementlaridan biri. Parlamentni tarqatib yuborish (muddatidan oldin parlamentga saylovlarni e‘lon qilish) huquqi davlat boshlig’iga tegishli (garchi bundan u, qoidaga ko’ra faqat hukumat ―iltimosiga‖ binoan foydalansada) hamda u hukumatning parlament oldidagi javobgarligi tartibotiga (institutiga) qarshi qo’yiladigan tartib hisoblanadi. Muvofiq davlatlar konstitutsiyalarida odatda Parlamentni tarqatib yuborish mumkin bo’ladigan holat va shart-sharoitlar ro’yxati aniq belgilanadi.