POLIS
POLIS (yun. polis, lot. civitas) — shahar – davlat. Yunoniston va qadimgi Italiyada jamiyat va davlatni ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy tashkil etishning alohida shakli. Polis davlat apparati to’la huquqli erkak fuqarolarning xalq majlisi (apella, ekklesiya), kengash (gerusiya, areopag, bule, senat) va turli saylanuvchi mansabdor shaxslar (magistratlar)dan tashkil topgan. Polislar oligarxik (masalan, Sparta) yoki demokratik (masalan, Afina) bo’lgan. Polisdagi shahar aholisining bir qismi (meteklar, perieklar, har qanday huquqlardan mahrum bo’lgan qullar) fuqarolar tarkibiga kiritilmagan va huquqsiz bo’lgan. Polis Yunonistonda miloddan avvalgi IV asrning boshida (eng rivojlangan davri miloddan avvalgi V asr), Rimda miloddan avvalgi III-I asrlarda (eng rivojlangan davri miloddan avvalgi V-III asrlar) inqirozga uchragan.